» » Toshkent shahrida avtotransport guvohnomalariga qalbaki muhr bosish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida avtotransport guvohnomalariga qalbaki muhr bosish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi


IIV jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi va Toshkent shahar IIBB yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida joylashgan YHXBga qarashli 2-diagnostika stansiyasi yonida o‘tkazilgan tezkor tadbirda texnik ko‘rikdan o‘tganlik haqida muhr qo‘yish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

1975-yilda tug‘ilgan A.R. fuqarolardan 150000 so‘mdan olib, jinoiy sherigi, 1974-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan A.D. bilan birgalikda uning xonadonida avtotransport vositalarining qayd etish guvohnomasiga “texnik soz” yozuvli qalbaki muhr bosib, imzo qo‘yish bilan shug‘ullanib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan A.R. va A.D. ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Опубликовано: admin (3-12-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют