» » Rossiyada politsiyachi gaz balloni portlagan uydan 15 kishini qutqarib chiqdi

Rossiyada politsiyachi gaz balloni portlagan uydan 15 kishini qutqarib chiqdi


Rossiyaning Irkutsk viloyati, Ust-Kut shahrida politsiya xodimi ko‘p qavatli uyda gaz balloni portlagan chog‘da 15 kishini qutqarib qoldi. Bu haqda, Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volkka tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Portlash ta’mirlash ishlari chog‘ida ro‘y berdi. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi tuman shifoxonasiga yotqizildi. Uydan 100 kishi evakuatsiya qilindi.

IIV vakilining so‘zlariga qaraganda, 2-dekabr kuni politsiya katta leytenanti Yuliy Peshkov oilasi bilan yaqin atrofdan mashinada o‘tayotganida portlash ovozini eshitgan. U voqeaning birinchi guvohlaridan bo‘ldi. Politsiyachi darhol besh qavatli bino tomon yo‘l oldi.

Dastlab kvartiralardan birida u tibbiy yordamga muhtoj ayolni topib, uni tashqariga olib chiqdi. Jami Peshkov 15 kishini qutqarib qoldi.

Опубликовано: admin (3-12-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют