» » Yangiqo‘rg‘onda nogironligi bo‘lgan 26 shaxsga aravachalar topshirildi

Yangiqo‘rg‘onda nogironligi bo‘lgan 26 shaxsga aravachalar topshirildi


Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tuman hokimligining axborot xizmati ma’lum qildi.

Tuman markazidagi “Eko-park” ko‘ngilochar maskaniga 100 ga yaqin nogironligi bo‘lgan kishi taklif etildi. Ular uchun bayram dasturxoni yozildi.

Marosimda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan kuni kecha qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon, unda ko‘zda tutilgan qator imtiyozlar haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda 26 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga aravachalar topshirildi. Shuningdek, taklif etilgan mehmonlarning har biriga tuman hokimligi, homiylar tomonidan sovg‘alar taqdim etildi. Tadbirga kelolmaganlar uylarida yo‘qlandi.

Опубликовано: admin (3-12-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют