» » Karles Puchdemon Kataloniyadagi parlament sayloviga qadar Belgiyada qoladi

Karles Puchdemon Kataloniyadagi parlament sayloviga qadar Belgiyada qoladi


Kataloniyaning lavozimidan chetlatilgan yetakchisi Karles Puchdemon Ispaniyaga ekstraditsiya qilinishiga qarshi kurashayotgani sababli mintaqada 21-dekabr kuni o‘tkaziladigan saylovga qadar Belgiyada qoladi. Bu haqda uning advokati Jaume Alonso Kuevills ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Ular Bryusselda 21-dekabrgacha qoladi va bu, hisob-kitoblarimga ko‘ra, yanvar o‘rtasiga qadar davom etishi mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham, ular apellyatsiyaga murojaat etadi”, — dedi advokat Belgiyaga oktabrda qochgan Puchdemon va uning 4 nafar sobiq vaziriga ishora qilib.

Puchdemon Kataloniya parlamentiga saylovlarni avtonomiya mustaqilligi uchun referendumning ikkinchi raundi sifatida ko‘rayotganligi bildirilmoqda.

Опубликовано: admin (3-12-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют