» » Texasda o‘qituvchi 6 yoshli Daun sindromiga mubtalo “terrorchi” sababli politsiya chaqirdi

Texasda o‘qituvchi 6 yoshli Daun sindromiga mubtalo “terrorchi” sababli politsiya chaqirdi


AQShning Perlend shahridagi (Texas shtati) maktab muallimasi 6 yoshli musulmon o‘quvchi sabab politsiyani chaqirdi va uni “terrorchi” deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.

O‘quvchi Muhammad Sulaymonning otasiga ko‘ra, bola Daun sindromiga mubtalo — aqliy jihatdan oqsaydi, gapirolmaydi va doimiy e’tiborga muhtoj.

Fox 26 telekanalining bildirishicha, ayol politsiyani chaqirib, o‘quvchi go‘yoki “bum” deganini yetkazgan.

“Bu yolg‘on, u umuman gapirmaydi. O‘qituvchi uni ‘terrorchi’ deb atadi. Bu g‘irt ahmoqlik, tahqirlashdan bo‘lak narsa emas”, — dedi bolaning otasi.

Muallimaning arzi tekshiruvga sabab bo‘ldi. Perlend politsiyasi mazkur bahsga aralashishni zarur deb hisoblamadi, biroq hali ish yopilgani yo‘q.

Опубликовано: admin (3-12-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют