APL. Moyes sal qolsa “Siti”ni to‘xtatishi mumkin edi. Biroq Gvardiola jamoasi iroda ko‘rsatdi
Angliya Premyer-Ligasi klublari 15-tur bellashuvlariga to‘liq yakun yasadi. Turning so‘nggi ikki o‘yini kecha — yakshanba oqshomida bo‘lib o‘tdi.
Kuchli beshlik jamoalari orasida eng yaxshi start olgan “Manchester Siti” futbolchilari muvaffaqiyatli yurishni davom ettirdi. Etihad arenasida “Vest Hem”ni qabul qilgan “shaharliklar” irodali g‘alabani tantana qildi — 2:1.
Devid Moyes London klubini qabul qilib olgan ilk o‘yinida “Everton”dan 0:4 hisobida yengilgandi. Bu safar uning shogirdlari “Siti”ga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Biroq ochko ishlab olish “Vest Hem”ga nasib qilmadi. Ayni vaqtda jamoa turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.
O‘tgan mavsumda Moyes yordam berish uchun “Sanderlend”ni qabul qilib olgan bo‘lib, yil yakunlariga ko‘ra jamoasini quyi ligaga tushirib yuborgandi. Ayni paytda “Vest Hem” shunday intixoga dastlabki qadamlarni tashlab bo‘ldi.
Angliya Premyer-Ligasi
15-tur bellashuvlari
3-dekabr, yakshanba
Gollar: Rayan Freyzer, 42 (1:0). Charli Ostin, 61 (1:1).
Gollar: Anjelo Ogbonna, 44 (0:1). Nikolas Otamendi, 57 (1:1). David Silva, 83 (2:1).
Добавить комментарий!






- отсутствуют
