» » Apple rahbari sun’iy ong uni xavotirga solmasligini bildirdi

Apple rahbari sun’iy ong uni xavotirga solmasligini bildirdi


Apple rahbari Tim Kuk sun’iy intellekt uni xavotirga solmasligini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Meni odamlar kabi fikrlovchi mashinalar emas, mashinalar singari mushohada yuritadigan insonlar ko‘proq tashvishga soladi. Texnologiyalarni insoniyatga joriy etish uchun birgalikda ishlashimiz lozim”, — dedi Kuk Xitoyning Uchjen shahrida o‘z ishini boshlagan internet bo‘yicha 4-xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida.

Apple rahbari texnologiyalar va sun’iy intellekt dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishi, inson imkoniyatlarini kengaytirishi, ta’lim, tibbiy xizmat va boshqa ko‘plab sohalarda oldinga siljishga yordam berishiga umid bildirdi.

Kukka ko‘ra, kelajak texnologiyalar sababli emas, insoniyat ulardan qanday foydalanishidan kelib chiqib porloq bo‘lishi mumkin.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют