» » Aeroportda raqsga tushgan Lolitani jinnixona bemoriga o‘xshatishdi (video)

Aeroportda raqsga tushgan Lolitani jinnixona bemoriga o‘xshatishdi (video)


Rossiyalik xonanda Lolita Milyavskaya internet foydalanuvchilarini aeroportdagi g‘alati raqsi bilan hayratga soldi. Rolikni u o‘z Instagram’iga joyladi, uni 1,1 million martadan ko‘proq tomosha qilishga ulgurishdi.

Videoda 54 yoshli qo‘shiqchi aeroportdagi do‘konlardan birining yonida musiqa ostida raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin. O‘tib borayotgan odamlar unga taajjub bilan nazar tashlamoqda. Postga yozgan izohida u Nyu-Yorkka jo‘nab ketayotganligini bildirgan.

В Нью-Йорк!!))

A post shared by Лолита Милявская (@lolitamilyavskaya) on

Foydalanuvchilar u mast, boshpanasiz ayol yoki ruhiy shifoxona bemoriga o‘xshab qolganini yozdi. “Siz aqli raso ayolsiz-ku, nega o‘zingizni masxarabozdek tutasiz?” — deb yozdi ulardan biri.

Foydalanuvchilarning bir qismi xonandani himoya qilishga o‘tdi va “mijg‘ov” bo‘lgandan ko‘ra, shunday bo‘lgani yaxshiroq ekanligini qayd etdi.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют