» » Muftiy qarori: har bir tumanda qorilar musobaqasi o‘tkazilsin!

Muftiy qarori: har bir tumanda qorilar musobaqasi o‘tkazilsin!


O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov XVIII qorilar musobaqasini mamlakatda yuqori darajada o‘tkazish va unga puxta tayyorgarlik ko‘rish haqida buyruq chiqardi. Hujjatning uchinchi bandiga ko‘ra, XVIII qorilar musobaqasi respublikaning har bir tuman (shahar) va viloyatlarida o‘tkaziladi. Tuman va viloyat bosqichlari 2018-yil 20-martga qadar o‘tkazilishi belgilangan. Bu haqda “Azon.uz” xabar bermoqda.

Bloger Adham Atajonov Facebook’dagi sahifasida e’lon qilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasining 01A/131- sonli buyrug‘iga ko‘ra, XVIII qorilar musobaqasi diniy idora tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari (9 ta madrasa, Toshkent islom instituti va Mir arab oliy madrasasi) va Toshkent islom universiteti talabalari, imom-xatiblar, imom-noiblar hamda Qur’oni karim qiroati bo‘yicha iqtidori bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida davlat va jamoat tashkilotlari, Musulmonlar idorasi rahbariyati, imom-xatiblar, mahalla faollari bilan uchrashuvda odamlarni lol qildira oladigan darajada Qur’oni karimni to‘liq yodlagan bolalarni tarbiya qilish kerakligi, agar birinchi o‘rinni olgan odam masjidlarda Qur’onni o‘qisa odamlarimizga ta’sir qilishi haqida aytib o‘tgan edi.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 09:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют