» » Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Halifa Toshkentga keldi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Halifa Toshkentga keldi


Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Halifa O‘FF taklifiga ko‘ra Toshkentga yetib keldi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Shayx Salmonning poytaxtga tashrifi avvaldan ma’lum bo‘lib, O‘FF uning kelishi sharafiga O‘zbekiston Kubogining final uchrashuvini 4-dekabrga qoldirgandi. Bugun martabali mehmon “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, uchrashuvni bevosita kuzatib boradi.

Toshkent xalqaro aeroportida Shayx Salmonni O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonovning o‘zi kutib oldi. Unga Sport Qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov hamrohlik qildi.

Tashrifi davomida OFK prezidenti O‘zbekiston futboli bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilgan o‘zgarishlarni ko‘zdan kechiradi. Bu holat OFK hamda O‘FF o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaydi, deb yozilgan tashkilot rasmiy saytida.

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov bunga qadar FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashgan, keyinroq BAA, Qatar, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi mamlakatlarga tashrif buyurgandi. Endilikda Ahmadjonov ilk bor qit’a futboli rahbarini Toshkentning o‘zida kutib olmoqda.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют