» » Abdulla Aripov Xitoy bosh vaziri bilan uchrashdi

Abdulla Aripov Xitoy bosh vaziri bilan uchrashdi


O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov o‘tgan hafta Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb yozadi UzDaily.

Li Ketsyan bu yil diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligini nishonlayotgan Xitoy va O‘zbekiston ahil qo‘shnilar ekanligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik bir-birini to‘ldiruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, shu sababli tomonlar rivojlantirish strategiyalarini birlashtirishni kuchaytirishi, o‘zaro bog‘liq va ishlab chiqarish quvvatlari sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishi zarur.

Li Ketsyan Xitoy tomoni ShHT doirasida O‘zbekiston bilan aloqalar va koordinatsiyalarni yanada mustahkamlash istagida ekanligini bildirdi.

Abdulla Aripov, o‘z navbatida Xitoy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekistonning muhim sherigi ekanligini ta’kidlab, O‘zbekiston Xitoy bilan birga transport obyektlari va gidroenergetikani rivojlantirish sohasida hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanligini aytdi.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют