» » “Super Oy” guvohi bo‘lganlar ijtimoiy tarmoqlarda taassurotlari bilan bo‘lishdi (foto+video)

“Super Oy” guvohi bo‘lganlar ijtimoiy tarmoqlarda taassurotlari bilan bo‘lishdi (foto+video)


3-dekabrdan 4-dekabrga o‘tar kechasi Yer aholisi “super Oy”ni kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Yerning yo‘ldoshi maksimal darajada yaqin masofaga keldi va odatdagidan ancha ulkan ko‘rindi. Hodisaga guvoh bo‘lganlar o‘zlari olgan suratlarni internetga joyladi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Spectacular timelapse video captures the moon setting this morning over the chapel at St. George's School in Middletown, Rhode Island; tonight's supermoon the first of three consecutive supermoons; the next two will occur on Jan. 1, 2018, and Jan. 31 https://t.co/YRjXvf3CAg pic.twitter.com/PxGzvvNQ2J

— ABC News (@ABC) December 4, 2017

Amerikaning ABC News telekanali Rod-Aylend shtatidagi botayotgan oyning tezlashtirilgan videoyozuvini taqdim etdi.

“Sinxua” agentligi esa Singapur, Pokiston, Myanma va Filippinda kameraga muhrlangan Oyning suratlari bilan bo‘lishdi.

“Uyga ketayotganimizda “super-Oy” ufqdan ko‘tarilganiga guvoh bo‘ldik. U juda ajoyib va ulkan edi”, — deb yozadi tarmoqning Buyuk britaniyalik foydalanuvchilaridan biri.

“Super Oy” odatdagi Oydan 30 foizga yorqin va 14 foizga kattaroq ko‘rinadi. Bundan tashqari to‘lin Oy odatda to‘q sariq rangda bo‘ladi.

Joriy qish faslida “super Oy” hodisasi uch marta kuzatiladi. Ikkinchi marta 2-yanvarda, uchinchisi 31-yanvarda ro‘y berishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют