» » Toshkentda Kale gallery do‘koni ochildi (foto)

Toshkentda Kale gallery do‘koni ochildi (foto)


2-dekabr kuni Toshkent shahrida Turkiyaning yuvinish xonasi uchun mebel, santexnika va keramik plita ishlab chiqaruvchi Kale brendining rasmiy do‘koni tantanali ravishda ochildi. Ochilish marosimida Kale brendining turkiyalik vakillari, OAV xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Kale gallery ta’sischisi Fikri Mutlu O‘zbekistonda boshlagan biznesi haqida shunday deydi:

“O‘zbekistonga birinchi marta kelishim. Bu mamlakat menga juda manzur bo‘ldi. O‘zbek xalqi o‘ta samimiy va mehmondo‘st xalq ekan. Bu yerda bizni ochiq yuz bilan kutib olishdi.

Biz O‘zbekistonda Kale gallery’ni ochishga qaror qilganimizda, mijozlar uchin qulaylik yaratish haqida o‘yladik. Santexnika— bu san’at turi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Biz santexnika mahsulotlarini san’at asari darajasida yaratishga harakat qilamiz. Bunday turdagi mahsulotlarning keng va shinam binolarda sotilishi esa xaridorga qulaylik yaratadi. Chunki bunday binolar qishda issiq, yozda salqin. Xaridor bemalol do‘kon aylanishi va santexnika buyumlari va yuvinish xonasi uchun mebellarni ushlab ko‘rib, sifatini his etib, tanlashlari mumkin. Keyingi yilda Toshkentda Kale gallery’ning  yana ikkita filiali ochilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistonning boshqa yirik shaharlarida ham do‘konlarimizni ochish maqsadidamiz”.

“Turkiyaning Kale zavodi ishlab chiqarayotgan santexnika mahsulotlari va yuvinish xonasi uchun mebellar sifatli bo‘lgani uchun, ular bilan kelishgan holda xalqimizga yuqori sifatli santexnika mahsulotlari yetkazib berish maqsadida Toshkent shahrida mazkur zavodning  rasmiy do‘konini ochishga qaror qildik.

Kale zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan santexnika mahsulotlari boshqa xuddi shunday turdagi mahsulotlardan yuqori sifati bilan ajralib turadi. Misol uchun, Kale santexnika jihozlarida antibakterial xususiyat mavjud. Shu sababli Kale santexnikasi o‘zida mikrob va bakteriyalarni saqlab qolmaydi. Mazkur xususiyatni boshqa ishlab chiqaruvchilarda uchratmaymiz. Kale mahsulotlarining aynan shu xususiyati uchun sertifikat va patent berilgan. Ishonamizki, Kale mahsulotlari o‘zbekistonlik xaridorlar o‘rtasida ommalashadi va ularga manzur bo‘ladi”, — deydi Kale gallery direktori Abdurasul Maqsudov.

Kale gallery’ning savdo menejeri Amirsaid Saidaliyev kompaniya santexnika vositalarining tejamkorlik xususiyatlari haqida gapirdi:

“Kale plitkalarining boshqa plitkalardan bir nechta afzallik jihatlari mavjud. Misol uchun, ular 3 millimetr qalinlikda va yengil. Plitkalar ingichka va yengil bo‘lgani sababli hamda ishlatish osonligi bilan quruvchilar uchun qulaylik yaratadi.

Kompaniya Kalekim brendi ostida kimyoviy mahsulotlar ya’ni bo‘yoq va yelim mahsulotlari ishlab chiqaradi.

Kale brendining santexnika mahsulotlari vaqt o‘tgani sayin sifatini yo‘qotmaydi. Ular Easy to clean standarti asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, oson tozalanadi. Shuningdek, Kale unitazlarida suvni tejash xususiyati ham mavjudligini alohida qayd etish lozim.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 4 kishidan iborat oila unitaz uchun yiliga 25 ming litr suv sarflaydi. Kale unitazlarida esa  4 kishilik oila uchun bu ko‘rsatkich 11,5 ming lirtni tashkil etadi. Bu esa suvni tejashga yordam beradi”“.

Ma’lumot uchun, Turkiyaning Kale kompaniyasi 1957-yilda tashkil topgan. Kompaniya 1959-yilda Turkiyaning devor plitasi ishlab chiqaradigan ilk mahallliy kompaniyasi sifatida e’tirof etiladi.  Uch yildan so‘ng ya’ni 1962-yilda Kale o‘z mahsulotlarini xorijga eksport qila boshlagan. 1972-yildan boshlab kompaniya Kale bodur brendi ostida yuvinish xonasi uchun jihozlar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘ydi.

Kale 1977-yildan e’tiboran naqshli plita ishlab chiqaradi. Kompaniya 2012-yilda Turkiyadagi eng samarali sanoat tashkiloti sifatida E.V.E.T mukofoti bilan taqdirlangan.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (4-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют