» » O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshirildi

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshirildi


O‘zbekistonda 1-dekabrdan boshlab eng kam ish haqi 172 240 so‘mni tashkil etganligi sabab, yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar ham 15 foizga oshdi, deb xabar berdi “Kommersant.uz”.

Xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun jarima — 34 ming so‘m, sababsiz ovozli signaldan foydalanish — 172 ming so‘m, tezlikni oshirish 172 ming so‘mdan 861 ming so‘mgacha, svetoforning qizil chirog‘ida o‘tish — 344 ming so‘m etib belgilandi.

Endilikda avtomobilni boshqarib ketayotib telefondan foydalanilganda 344,5 ming so‘m jarima to‘lanadi, bu holat bir yil davomida qayta sodir etilsa jarima miqdori 516 ming so‘mni tashkil etadi.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют