» » Odiljon Abduqahhorov rasman “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori etib tayinlandi

Odiljon Abduqahhorov rasman “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori etib tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2017-yil 1-dekabrdagi buyrug‘iga asosan Odiljon Abduqahhorov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar bermoqda.

Odiljon Abduqahhorov mehnat faoliyatini “Kamolot” YoIH Namangan viloyat bo‘limi Kengashida boshlagan bo‘lib, keyinchalik Respublika “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi apparatining bir qancha mas’ul lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2012-yildan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi (sobiq “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi) Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i, 2017-yilning oktabr oyidan esa “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 15:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют