» » Toshkentlik ayol Buxoroda o‘zi ijarada turgan xonadonni o‘marib ketdi

Toshkentlik ayol Buxoroda o‘zi ijarada turgan xonadonni o‘marib ketdi


Buxoro shahar IIBga Jondor tumanida yashovchi Jamila Qo‘chqorova ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga tegishli Buxoro shahridagi xonadonidan bahosi 1 700 000 so‘mlik LG muzlatgichi hamda 1 100 000 so‘mlik LG televizori o‘g‘irlab ketilganini bildirgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matubot xizmati xabar berdi.

Xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, ushbu jinoyatni Jamila Qo‘chqorovaning xonadonida ijarada yashab kelgan Dildora Hotamova amalga oshirgan.

1984-yilda tug‘ilgan, Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashovchi Dildora Hotamova bundan oldin ham firibgarlik jinoyatlarini sodir etganligi uchun sudlangan va shu kunga qadar yakka tartibdaga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi (“o‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют