» » OAV: Xitoyning ikkinchi aviatashuvchisi joriy yilning dekabr oyida dengizda sinovdan o‘tkaziladi

OAV: Xitoyning ikkinchi aviatashuvchisi joriy yilning dekabr oyida dengizda sinovdan o‘tkaziladi


Xitoy Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli ikkinchi aviatashuvchi joriy yilning dekabr oyida dengizda sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda Sina portaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqinda kemaga 052D loyihasidagi esminetslarga o‘rnatilgan 346A faol antennaga ega radiolokatsion stansiya o‘rnatilgan.

3-dekabr kuni aviatashuvchi ustida tutun paydo bo‘lgan, bu yangi kuch qurilmasi ishga tushirilganini bildirishi mumkin. Kema 10-dekabr kuni yoki oyning oxirida dengizga tushirilishi kutilmoqda.

Aviatashuvchi to‘liq Xitoy tomonidan qurilgan ushbu turdagi birinchi kema hisoblanadi. Hozircha uning nomi yo‘q, biroq u Xitoy OAVlarida “Shandun” yoki 001A loyihasi nomi bilan tanilgan.

Kema joriy yilning 26-aprelida suvga tushirilgan va u 2020-yilga qadar harbiylarga topshirilishi kerak edi. Biroq Gonkong OAVlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Pekin ushbu jarayonni tezlashtirgan va uni 2018-yilning oxiriga qadar tayyor holga keltirish niyatida.

2012-yildan buyon Xitoyda yagona — “Lyaonin” aviatashuvchisi mavjud bo‘lib, u 1998-yilda Ukraina tomonidan sotib olingan “Varyag” avaitashuvchi kreyseri bazasida yaratilgan.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 16:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют