» » OAV: Saudiya Arabistoni va Bahrayn yetakchilari Fors ko‘rfazi arab davlatlari sammitida qatnashadi

OAV: Saudiya Arabistoni va Bahrayn yetakchilari Fors ko‘rfazi arab davlatlari sammitida qatnashadi


Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz va Bahrayn yetakchisi Xamad bin Iso al-Xalifa Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi kengashi sammitida mamlakatlari delegatsiyasiga boshchilik qiladi. Bu haqda Kuvaytning Al Jarida nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Bahrayn, Qatar, Kuvayt, BAA, Ummon va Saudiya Arabistoni tarkibiga kiradigan kengash sammiti 5—6-dekabr kunlari Kuvaytda bo‘lib o‘tadi. 

Ar-Riyod va Manama yetakchilarining sammitda ishtirokini hali rasman bildirmadi. Tashrifini hozircha faqat Qatar amiri Tamim bin Hamad al-Taniy tasdiqladi, xolos. Sammit ishida AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis va kengash bosh kotibi Abdullatif az-Zayoniy qatnashadi.

Ma’lumot uchun, oldinroq Qatarni boykot qilayotgan Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA mazkur inqiroz fonida kengash yetakchilari uchrashuvini maqsadga muvofiqligini shubha ostiga qo‘ygandi. 

Опубликовано: admin (4-12-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют