» » O‘zbekiston musulmonlari idorasining bir guruh xodimlariga “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni topshirildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining bir guruh xodimlariga “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni topshirildi


O‘zbekiston musulmonlari idorasida bo‘lib o‘tgan tadbirda Konstitutsiya qabul qilingan kun mamlakat tarixidagi muhim sanalardan biri ekani ta’kidlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov va boshqalar Konstitutsiya huquqiy-demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini qayd etdi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida mehnat qilayotgan bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni tantanali topshirildi.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют