» » AQSh Senati soliq islohotini ma’qullaganidan so‘ng dollarning dunyo valyutalariga nisbatan kursi ko‘tarildi

AQSh Senati soliq islohotini ma’qullaganidan so‘ng dollarning dunyo valyutalariga nisbatan kursi ko‘tarildi


AQSh Senati soliq islohotlari haqidagi qonun loyihasini ma’qullagani fonida dollarning ko‘plab dunyo valyutalariga nisbatan kursi ko‘tarilib bormoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Dollarning 16 ta asosiy dunyo valyutalariga nisbatan kursini kuzatib boradigan WSJ Dollar indeksi 0,28 foizga ko‘tarildi.

Jumladan, yevro 1-dekabr, juma kungi savdolar yakunida 1,1896 dollardan hisob-kitob qilingan bo‘lsa, 4-dekabr, dushanba kuni bu ko‘rsatkich 1,1870 dollarni tashkil etdi.

Ko‘plab tahlilchilar dollar yuqoriga qarab odimlashni davom ettirishiga shubha bilan qaramoqda. Bir tomondan, soliq islohotlarini muhokama etish davom etmoqda, ikkinchi tomondan Federal zaxira tizimi bazaviy foiz stavkasining dekabrdagi yig‘ilishida oshirilishi bozor tomonidan joriy kotirovkalarda to‘liq hisobga olingan.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют