» » O‘tgan hafta O‘zbekistonda ro‘y bergan YTHlarda 220 kishi jarohatlandi

O‘tgan hafta O‘zbekistonda ro‘y bergan YTHlarda 220 kishi jarohatlandi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmatiga ko‘ra, o‘tgan hafta mamlakat avtomobil yo‘llarida 218 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Natijada 220 fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. Bu ko‘rsatkich 20–26 noyabr kunlari 198 tani tashkil qilib, jarohatlanganlar soni 194 nafar edi, deb xabar beradi O‘zA.

Shuningdek, o‘tgan hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 86189 qoidabuzarlik aniqlangan. Xususan, 1900 holatda avtomobilni mast holda boshqarayotgan haydovchilar to‘xtatilgan. 13183 haydovchi belgilangan tezlik talabini, 1338 nafari svetofor va chorrahalardan o‘tish, 13 ming haydovchi odam tashish qoidasini buzgan.

Barcha holatlarda qoidabuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Endi ular belgilangan tartibda jarima to‘lashga majbur.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют