» » Xitoyda hayvonot bog‘iga pingvinlarni tomosha qilish uchun kelgan tashrifchilar chuv tushdi

Xitoyda hayvonot bog‘iga pingvinlarni tomosha qilish uchun kelgan tashrifchilar chuv tushdi


Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari Yuylin okrugida ochilgan yangi hayvonot bog‘ini yolg‘onchilikda aybladi: reklamada yovvoyi tabiat va ekzotik hayvonlar bilan tanishish va’da qilingan edi, biroq volyer ortida faqatgina toshbaqa, tovuq va go‘zlar bo‘lgan. Pingvinlar bo‘lishi kerak bo‘lgan volyerda esa tashrif buyuruvchilar havo bilan shishirilgan jismlarni tomosha qilishga majbur bo‘lgan, deb xabar beradi TJournal.

Foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular pingvinlarni yodga soluvchi oltita o‘yinchoqdan boshqa hech nimani ko‘rmagan. Hayvonot bog‘ining afishasida esa pingvinlar tovus, timsoh va boshqa noyob hayvonlar bilan birga tasvirlangan. Foydalanuvchilardan birining ta’kidlashicha, u “pingvinlar”ni ko‘rganida “kulgidan o‘zini to‘xtata olmagan”. Chipta narxi 15 yuanni (2,3 dollarni) tashkil etgan.

Shuningdek, kompleks rahbarlari haqiqiy toshbaqaga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi uchun tanqid ostiga olindi: u akvariumga joylashtirilgan va toshbaqaga “omad uchun” pul tashlashga chaqirilgan.

O‘z ismini oshkor etilmasligini so‘ragan hayvonot bog‘i egasining so‘zlashicha, u o‘z muassasasidagi bu kabi “noyob hayvonlar”dan xabari bo‘lmagan. Uning ta’kidlashicha, bunga pudratchi ma’sul bo‘lgan, pingvinlar haqida esa o‘zi ham yangiliklar orqali xabar topgan. Hozirda hayvonot bog‘i yopilgan.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют