» » Afg‘oniston prezidenti O‘zbekistonga keldi

Afg‘oniston prezidenti O‘zbekistonga keldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afg‘oniston rahbari Muhammad Ashraf G‘ani 4-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng Afg‘oniston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 5-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Oliy darajadagi uchrashuvlarda O‘zbekiston va Afg‘oniston munosabatlarining bugungi holati va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan, ta’lim va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, shuningdek, tijorat shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Afg‘oniston Prezidenti O‘zbekistonga tashrifi doirasida Buxoro shahrini ham ziyorat qiladi.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют