» » Karles Puchdemon saylov kampaniyasini Bryusseldan olib borishi ma’lum bo‘ldi

Karles Puchdemon saylov kampaniyasini Bryusseldan olib borishi ma’lum bo‘ldi


Kataloniya hukumatining sobiq rahbari Karles Puchdemon saylov kampaniyasini Bryusselda o‘tkazadi. Bu haqda u boshqaradigan “Birgalikda Kataloniya uchun” blokining faollaridan biri ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“U kampaniyani Bryusseldan olib boradi. Bu bugungi sud eshituvlaridan so‘ng ayon bo‘ldi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

4-dekabr, dushanba kuni Puchdemon va avtomiya hukumatining sobiq 4 a’zosini Ispaniyaga topshirish bo‘yicha eshituvlar davomida sud qarori 14-dekabrda e’lon qilinishi bildirildi.

Ma’lumot uchun, Kataloniya parlamentiga muddatidan avval saylovlar joriy yil 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют