» » Boyqo‘ng‘irga XKSga uchadigan yangi ekspeditsiya a’zolari yetib keldi

Boyqo‘ng‘irga XKSga uchadigan yangi ekspeditsiya a’zolari yetib keldi


Xalqaro kosmik stansiyaga uchadigan yangi ekspeditsiyaning asosiy va o‘rinbosar tarkibi Boyqo‘ng‘ir kosmodromiga yetib keldi. “Soyuz MS-07” kemasining parvozi 17-dekabrga rejalashtirilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Asosiy ekipaj tarkibi komandir Anton Shkaplerov, NASA astronavti Skott Tingl va JAXA astronavti Norshige Kanaidan iborat. O‘rinbosar tarkibga esa “Roskosmos” kosmonavti Sergey Prokopyev, ESA astronavti Aleksandr Gerst va NASA astronavti Janett Epps kirgan.

Parvozdan oldingi tayyorgarlikning so‘nggi bosqichida kosmonavtlar va astronavtlar kosmik kemadagi mashg‘ulotlarni o‘taydi va so‘nggi tekshiruvlarni o‘tkazadi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 06:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют