» » “Bunyodkor” o‘z tarixida ilk bor Osiyo Chempionlar Ligasidan chetda qoldi

“Bunyodkor” o‘z tarixida ilk bor Osiyo Chempionlar Ligasidan chetda qoldi


O‘zbekiston Kubogining finalida “Lokomotiv”dan yengilgan “Bunyodkor” o‘z tarixida ilk bor Osiyo Chempionlar Ligasi turniridan chetda qoldi.

2008-yildan buyon qit’aning eng nufuzli klublari turnirida ishtirok etib kelayotgan “Bunyodkor”, 10 yillik an’anasiga chek qo‘ydi. OFK O‘zbekiston klublari uchun 1+2 kvotasini taqdim etgan bo‘lib, mamlakat chempioni sifatida “Lokomotiv” guruh bosqichiga yo‘llanma beruvchi yagona chiptani yutib olgandi.

“Temiryo‘lchilar” bu bilan cheklanmay, “Bunyodkor” yutishi mumkin bo‘lgan chiptani “Paxtakor”ga olib berdi. Bu yo‘lda jamoa O‘zbekiston Kubogining finalida zafar quchdi. Shu tariqa, saralash o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi 2 ta chipta chempionatni “Lokomotiv”dan keyingi o‘rinlarda yakunlagan “Nasaf” va “Paxtakor”ga nasib qildi.

Mavsum avvalida “Bunyodkor”da bosh murabbiy bo‘lib Sergey Lushchan ishlayotgandi. Mutaxassis 8-turdan keyin iste’foga chiqarildi. Boisi, uning boshqaruvida “qaldirg‘ochlar” 8 ta bellashuvning bor-yo‘g‘i 2 tasida zafar quchdi. Yana shuncha o‘yinda imkoniyat boy berilgan bo‘lsa, 4 tasida g‘olibni aniqlab bo‘lmadi. Mazkur natijalar sabab “Bunyodkor” peshqadamlardan ortda qola boshladi.

“Bunyodkor” antirekordlarini birma-bir yakunlagan Lushchandan keyin jamoani Mirjalol Qosimov qabul qilib oldi. Mavsum avvalida Lushchan to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ochkolarning 33 foiziga ega chiqqan bo‘lsa, Qosimovda bu ko‘rsatkich 64 foizni tashkil qildi. Biroq shunda ham “Bunyodkor” 4-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmadi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют