» » O‘zbekistonda yagona sayyohlik vizasi joriy qilindi

O‘zbekistonda yagona sayyohlik vizasi joriy qilindi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4-dekabrdagi qarori bilan sayyohlik vizalarini berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozadi “Gazeta.uz” Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga tayanib. Qaror 2018—2019-yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi doirasida qabul qilingan.

Yakka chet el fuqarolari uchun endi 30 kun muddatga beriladigan yagona sayyohlik vizasi amal qiladi. Bungacha chet el fuqarolari qisqa muddatga (7 yoki 15 kunga) sayyohlik vizasini olib, reyslar ushlanib qolganida yoki boshqa sabablarga ko‘ra vizalarning amal qilish muddatini uzaytirish muammosiga duch kelardi.

Kirish vizalarini rasmiylashtirish qiymati yakka chet ellik sayyohlar uchun uchdan bir marta — 60 dollardan 40 dollargacha pasaytirildi. Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi qayd etishicha, sayyohlik vizasining baland narxi O‘zbekistonga sayohat qilish qarorini qabul qilishda muayyan to‘xtatib turuvchi omil bo‘lib xizmat qilgan.

Bundan tashqari, guruh uchun sayyohlik vizasini rasmiylashtirish uchun quyi chegara ikki marta — 10 dan 5 kishigacha — kamaytirildi. Avvalgi talab qiyinchiliklarni keltirib chiqarardi, chunki ko‘p hollarda guruhlar odatda besh kishilik yaqin tanishlar yoki qarindoshlardan iborat bo‘ladi. 15 kunlik guruh vizalarining narxi bir kishi uchun 15 dollar, 30 kunligi esa 25 dollarni tashkil qiladi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют