» » Jurnalistlar Jennaro Gattuzoni xitoychada chalg‘itmoqchi bo‘lib, evaziga tarsaki qabul qilib oldi (video)

Jurnalistlar Jennaro Gattuzoni xitoychada chalg‘itmoqchi bo‘lib, evaziga tarsaki qabul qilib oldi (video)


Montelloning iste’fosi sabab “Milan” klubini vaqtincha boshqarib turgan Jennaro Gattuzo va italiyalik jurnalistlar bilan ro‘y bergan qiziqarli holat ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi.

“Sports.ru” nashrining yozishicha, boshlovchilar Stefano Korti hamda Alessandro Onnis sobiq futbolchi bilan hazillashmoqchi bo‘lib, unga xitoychadan tarjima qilganda “Olg‘a, ‘Milan’” ma’nosini beruvchi jumlani takrorlashni so‘ragan. Gattuzo bu ishni qoyilmaqom tarzda uddaladi va jumlani bir necha bor takrorladi.

Keyinroq jurnalistlar asosiy maqsadga o‘tib, bu so‘zlar aslida “Olg‘a, ‘Inter’” deya tarjima qilinishi haqida aytgan. “Milan” afsonalaridan biri bo‘lgan Gattuzo, tabiiyki, aldanganini tushundi va boshlovchilarni shapatilab qo‘ydi.

Gattuzo boshqaruvida “Milan” o‘zining birinchi uchrashuvini A seriyaning so‘nggi pog‘onasida borayotgan “Benevento”ga qarshi o‘tkazib, 2:2 hisobida durang o‘ynagandi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют