» » “Eronlik Anjelina Joli” qo‘rqinchli tashqi ko‘rinishi sirini ochdi

“Eronlik Anjelina Joli” qo‘rqinchli tashqi ko‘rinishi sirini ochdi


Ko‘p sonli plastik operatsiyalar o‘tkazib tanilgan eronlik Sahar Tabar ismli qiz Anjelina Joli qiyofasiga kirish uchun texnologiyalar va makiyaj yordamidan foydalanganligini tan oldi, deb yozadi Scopes portali.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, qizning nomidan yuritiladigan ikkita Instagram-akkaunt bor. Ulardan biri OAVlar e’tiboriga tushgan, ikkinchisida esa 28-noyabr kuni qiz tashqi ko‘rinishi faqat jarrohlik aralashuvi natijasi emasligiga iqror bo‘lgan.

“Bir nechta operatsiyalarni o‘tkazganman, ammo ularning soni 50 ta emas, chet el saytlari va kanallari esa suratlarimga juda yanglish munosabatda bo‘ldi. Ular 18-asrda yashaydi shekilli, na texnologiyalar, na makiyaj haqida eshitgan va shu sababli hayratga tushgan”, — degan qiz.

O‘tgan hafta OAV Tabar haqida yozib, Anjelina Joliga o‘xshash uchun 50 ta plastik operatsiyani o‘tkazgani va qattiq parhez tutishini ta’kidlagan edi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют