» » Falastin AQShning Quddus bo‘yicha ehtimoliy qarorida “o‘lim bo‘sasi”ni ko‘rdi

Falastin AQShning Quddus bo‘yicha ehtimoliy qarorida “o‘lim bo‘sasi”ni ko‘rdi


Agar AQSh prezidenti Donald Tramp Quddus rasman Isroil poytaxti deb tan olinishini e’lon qilsa, bu Falastin-Isroil nizosi uchun “o‘lim bo‘sasi”ga aylanadi. Bunday fikrni Falastin prezidentining strategik masalalar bo‘yicha maslahatchisi, Falastinni ozod qilish tashkilotining Vashingtondagi  rasmiy vakili Husam Zomlot ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

“Agar shunday qadam qo‘yilsa, bu halokatli oqibatlarni keltirib chiqaradi”, — dedi Zomlot Falastin-Isroil nizosida “Quddus asosiy masala” ekanligini ta’kidlar ekan.

Amerika tomoni Quddusni Isroil poytaxti deb tan olsa, AQShning ushbu nizodagi vositachi roliga “orqaga qaytarib bo‘lmaydigan darajada” putur yetishini qo‘shib qo‘ydi. Falastin prezidenti maslahatchisi Vashington shu tariqa “yechimning emas, muammoning bir bo‘lagiga aylanishi”ni ta’kidladi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют