» » O‘zbekistonlik olim Xitoy Fanlar akademiyasi a’zosiga aylandi

O‘zbekistonlik olim Xitoy Fanlar akademiyasi a’zosiga aylandi


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik Solihov Shavkat Ismoilovich XXR Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosiga aylandi, deb yozadi “Review.uz”.

Ilm-fan va texnologiya taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan samarali ilmiy hamkorligi uchun akademik Solihov Shavkat Ismoilovich 2017-yilning 10-noyabrida XXR Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi etib saylandi.

Avvalroq, joriy yilning may oyida akademik Shavkat Solihov Xitoy Fanlar akademiyasining “Xalqaro ilmiy hamkorlik uchun” mukofotiga loyiq deb topilgan edi.

Akademik Shavkat Solihov O‘zbekiston Republikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi hisoblanadi. U oqsil kimyosi, toksinlar va biotexnologiyalar kimyosi sohasining mashhur olimidir. Uning ilmiy faoliyati tabiiy biologik faol toksinlar, fermentlar va boshqa elementlar tarkibi va funksiyalarini o‘rganishga qaratilgan. Olim rahbarligida mamlakat tibbiy amaliyotida keng qo‘llaniluvchi viruslarga qarshi, shamollashga qarshi va qon to‘xtatuvchi dori vositalari yaratilgan.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют