» » Rossiyaning “Kultura” telekanali Qoraqalpog‘iston madaniyati va san’ati haqida hujjatli film tayyorlamoqda

Rossiyaning “Kultura” telekanali Qoraqalpog‘iston madaniyati va san’ati haqida hujjatli film tayyorlamoqda


Rossiyaning “Kultura” telekanali ijodkorlari Qoraqalpog‘iston madaniyati va san’ati haqida hujjatli filmni tasvirga olish uchun Nukusga keldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Rossiyaning “Kultura” telekanali ijodiy guruhi a’zolari o‘z ishini Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida rus va o‘zbek musavvirlarining portret janridagi ko‘rgazmasi bilan tanishishdan boshladi.

Hujjatli film obyektlari sifatida Nukus madaniyat va san’at kolleji, Xo‘jaylidagi “Mizdakxan” yodgorligi tanlangan. Shuningdek, telekanal ijodiy guruhi Mo‘ynoq tumanida ham bo‘ldi.

Mazkur tadbirlar hujjatli filmni tasvirga olishning birinchi bosqichi bo‘lib, keyingi bosqich kelgusi yilning mart oyida davom ettiriladi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют