» » Tailand aholisi ezgu ishlar bilan marhum qirol Rama IX ning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda

Tailand aholisi ezgu ishlar bilan marhum qirol Rama IX ning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda


Tailand aholisi bugun, 5-dekabr kuni marhum qirol Pumipon Adulyadetning (Rama IX ) tug‘ilgan kunini nishonlaydi, deb xabar beradi “TASS”.

Bu kun qirolning o‘limidan keyin ham qirollikdagi asosiy bayramalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Bu yil mazkur bayram qirol o‘limi va bir yil davom etgan milliy motamdan so‘ng ilk marta nishonlanmoqda. Monarx hayot bo‘lganida 90 yoshni qarshilagan bo‘lar edi.

Rama IX ning tug‘ilgan kuni Tailand uchun 1958-yildan beri milliy bayram hisoblanadi. 1980-yilning 5-dekabridan bu kun yana “Ota kuni” sifatida nishonlanadi. Aksariyat tailandliklar marhum qirolni “Millat otasi — qirollar qiroli” deb ataydi.

Mamlakatda 5-dekabr dam olish kuni hisoblanadi. Bu kunda har bir tailandlik monarx sharafiga ezgu ish qilishi kerak. Masalan, qirollikning aksariyat aholisi qon quyish stansiyalariga borib, donor sifatida qon topshiradi. Ayrimlar ko‘ngilli sifatida mamlakat hududidagi plyaj va bog‘larni tozalaydi.

Rama IX 2016-yilning 13-oktabrida uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 88 yoshda vafot etdi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют