» » Filippin hukumati Fransiyadan denge bezgagiga qarshi vaksinani qaytarib olishni talab qildi

Filippin hukumati Fransiyadan denge bezgagiga qarshi vaksinani qaytarib olishni talab qildi


Filippin hukumati Fransiyaning Sanofi farmasevtika korporatsiyasidan denge bezgagiga qarshi dunyodagi ilk vaksinaning sezilarli darajada nojo‘ya ta’siri aniqlangach, uni qaytarib olishni talab qildi. Bu haqda mamlakatning oziq-ovqat va dori mahsulotlari ustidan nazorat qiluvchi boshqarmasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Xususan, tashkilotda vaksinani reklama qilish, tarqatish va sotishni to‘xtatishga oid talabnoma mavjud.

Bundan tashqari, Filippindagi dorixonalar va tibbiy muassasalarga mazkur preparatning nojo‘ya ta’siri bilan bog‘liq barcha holatlar haqida zudlik bilan ma’lumot berish talabi qo‘yilgan.

Fransiyaning farmasevtika kompaniyasi preparat avval bir necha marta denge bezgagi bilan og‘riganlar uchun mutlaq xavfsiz ekanligini ta’kidlagan edi.

Filippin hukumationing ma’lum qilishicha, noyabr o‘rtalarigacha olingan statistika bo‘yicha 730 mingdan ortiq bola vaksinaning birinchi qismi bilan emlangan. Mazkur preparat 12 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan bemorlarga mo‘ljallangan. Emlash 12 oy mobaynida uchta ukol yordamida amalga oshiriladi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют