» » Andijondagi iqtisodiy sudlar tomonidan o‘tgan davrda da’vogarlar foydasiga 71 milliard so‘m undirildi

Andijondagi iqtisodiy sudlar tomonidan o‘tgan davrda da’vogarlar foydasiga 71 milliard so‘m undirildi


Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 4 mingga yaqin da’vo va shikoyat arizasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA  xabar bermoqda.

Iqtisodiy sudlar tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha kelib chiqadigan nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan bo‘lib, sud jarayonida tadbirkorlik subyektlari ham da’vogar, ham javobgar sifatida ishtirok etishi mumkin. Nazorat qiluvchi organlar, xususan, soliq idoralarining tadbirkorlik subyektlari faoliyati bo‘yicha soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar ham iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Ilgari xo‘jalik sudlari asosan viloyatlar markazida faoliyat yuritgani bois, tadbirkorlar turli nizoli masalalar bo‘yicha viloyat markaziga – xo‘jalik sudiga murojaat etar, zarur bo‘lsa, bir necha marta kelib, o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishga majbur edi. Bu esa vaqt yo‘qotishga, ortiqcha xarajatlarga sabab bo‘lardi. Endi ular o‘zlari yashayotgan yoki qo‘shni tumanda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy sudga murojaat qilish, sud bilan bog‘liq ishlarni tez hal etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi tashkil etilgan kundan hozirga qadar 4 mingga yaqin ish ko‘rib chiqildi. Ularning 3 mingdan ortig‘i sayyor sudlarda ko‘rilib, qonun doirasida adolatli hal etildi. Ko‘rilgan ishlar natijasida da’vogarlar foydasiga 71 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ undirib berildi.

Shoyadbek Mirzayev, Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi 

Опубликовано: admin (5-12-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют