» » Foto: Dunyoning eng qari daraxtlari

Foto: Dunyoning eng qari daraxtlari


Odamning o‘rtacha yoshi 70 yilni tashkil etadi, odatda bu vaqt ichida 3—4 avlod almashadi. Shu sababli 100 yoshdan oshgan odamga uzoq umr ko‘ruvchi sifatida qaraladi. Yer sayyorasida davlatlar va xalqlardan ham oldin paydo bo‘lgan organizmlar mavjud. TJournal yer yuzidagi eng qadimiy daraxtlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Kaliforniyaning Ino okrugida o‘suvchi Mafusail daraxtining yoshi 4849 ga teng. Aniqlanishicha, ushbu qarag‘ay o‘sib chiqqan urug‘ miloddan avvalgi 2833-yilga tegishli.

Bu vaqtda Qadimgi Misrda birinchi sulola boshqaruvni o‘z qo‘liga olgan, Qadimgi Mesopotamiyada Ur shahri bunyod bo‘la boshlagan, Amerikada esa eng qadimiy deya hisoblanuvchi mahalliy madaniyat vakillari — olmeklar ham mavjud bo‘lmagan. Mafusail uzoq yillar davomida sayyoradagi eng qari tirik daraxt bo‘lib kelgan, biroq 2012-yilda ushbu daraxtzordan yoshi 5067 ga teng qarag‘ay topilgan.

Afsonaviy daraxt AQSh o‘rmon xizmati tomonidan qo‘riqlanadi va uning joylashgan aniq manzili oshkor etilmaydi.

Shvetsiyaning Dalarna provinsiyasidagi Fulufellet milliy bog‘i hududida joylashgan qoraqarag‘ay — shu turdagi alohida yashovchi daraxtlarning eng qarisi. Uning hozirda mavjud tanasi “atigi” bir necha yuz yoshga teng. Davriy ravishda yangi qoraqarag‘aylar o‘sib chiqadigan ildiz tizimi esa undan ancha qari hisoblanadi. Topilgan ildizlarda radiouglerod tahlili o‘tkazilganida u 9550 yoshga kirgani aniqlangan.

Qari Tikkoning bu qadar uzoq yashashiga klonlashish sabab bo‘lgan. Daraxt tanasi bir necha bor o‘sib, halok bo‘lgan. Saqlanib qolgan ildiz tizimi sabab ushbu jarayon taxminan 10 ming yil davom etgan. Taqqoslash uchun: insoniyat yozuvlardan eramizdan oldingi 6600-yilda foydalanishni boshlagan, g‘ildirak esa miloddan ramizdan avvalgi 5-mingyillik oxirida ixtiro qilingan.

Pando hozirda Yer yuzidagi eng qari va ulkan tirik organizm hisoblanadi. U umumiy ildiz tizimiga ega 47 mingta o‘qsimon teraklar koloniyasidan iborat. Pando 46 gektar maydonni egallagan va og‘irligi 6 ming tonnadan ortiqroq. Tabiat mo‘jizasi Yuta shtatining Fishleyk milliy bog‘ida joylashgan.

Pandoning haqiqiy yoshi borasida ko‘plab taxminlar mavjud. Bir qancha olimlar u bundan 80 ming yil oldin paydo bo‘lgan deya hisoblaydi. Shu bilan birga, teraklar koloniyasi ideal sharoit sababli bu qadar uzoq yashayotganini va uning yoshi million yil oldinga borib taqalishi mumkinligini ta’kidlaydi.

60—70 ming yillar oldin inson Afrikani tark etib Osiyoga ko‘chib o‘ta boshlagan.

Hozirda Pando sekin-astalik bilan nobud bo‘lmoqda. O‘rmon xizmati mutaxassislarining aytishicha, bunga qurg‘oqchilik, zararkunanda hasharotlar kabi omillar sabab bo‘lmoqda.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 20:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют