» » Davlat statistika qo‘mitasi: Valyuta liberalizatsiyasi inflyatsiyaga katta ta’sir ko‘rsatmadi

Davlat statistika qo‘mitasi: Valyuta liberalizatsiyasi inflyatsiyaga katta ta’sir ko‘rsatmadi


O‘zbekistonda sentabr oyida amalga oshirilgan valyuta liberalizatsiyasi jarayoni inflyatsiyaga katta salbiy ta’sir ko‘rsatmadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi boshqaruvi raisi Botir Ergashev Xalqaro press-klub yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi 1News.

“Aslida mamlakatda narx o‘sishi har bir yil boshida kuzatiladi”, — dedi u, inflyatsiya bilan narx o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi savolga javob berarkan.

Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Bahodir Mirusmonov yil yakunlariga ko‘ra inflyatsiya darajasi 13–14 foizni tashkil etishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning to‘qqiz oyi uchun YaIM 40–41 milliard dollar yoki 170 trillion so‘mni tashkil etdi. YaIM o‘sishi yanvar–sentabr hisobiga 5,3 foizga teng bo‘ldi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют