» » Toshkentda FDIUZ xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda FDIUZ xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi


Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida 5-dekabr kuni mamlakatga xorijiy investitsiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilishga bag‘ishlangan FDIUZ xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan RB Partners (Rossiya) va Globalscope (Buyuk Britaniya) xalqaro tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan tadbir mamlakatga xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga oid xalqaro tajribalarni o‘rganish, biznes-jamoatchiligi vakillarining tarmoqlararo hamkorligini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan loyihalar muhokamasiga bag‘ishlandi.

Tadbirda vazirlik va idoralar, investitsiya, iqtisodiyot va huquq sohasidagi yetakchi xorijiy va mahalliy mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashdi. Unda mamlakatga sarmoyadorlarni jalb qilishning ilg‘or vositalari va imkoniyatlari, iqtisodiyotni liberallashtirishning istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Globalscope International M&A Association xalqaro moliya uyushmasi, Strategy Partners Group, RB Partners Group & Globalscope, Islamic Corporation for the Development of Private Sector kabi xalqaro kompaniya rahbarlarining davlat korxonalariga investitsiya kiritishni rag‘batlantirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmi, sarmoyadorlarni jalb qilishda strategik yondashuvni ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi.

Anjuman ishtirokchilari chel el investorlari va xalqaro moliya institutlarini O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti haqida xabardor qilishni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash borasidagi ishlar jadal tus olganini alohida qayd etdi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют