» » Chilonzor tumanida o‘zganing uyidan 5 mln so‘m o‘margan o‘g‘rilar qo‘lga olindi

Chilonzor tumanida o‘zganing uyidan 5 mln so‘m o‘margan o‘g‘rilar qo‘lga olindi


Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida 2017-yilning 30-noyabr kuni muqaddam sudlangan Mixail Kogolev va Rustam Sibatullin (ism-shariflar shartli) Chilonzor tumani hududida fuqaro xonadoniga kirib, 5120000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlagani aniqlangan. Bu haqda IIBB mabuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari (o‘g‘rilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют