» » Ekspert: Poroshenko Saakashvilining tarafdorlari yangi Maydon uyushtirishlariga yo‘l qo‘ymaydi

Ekspert: Poroshenko Saakashvilining tarafdorlari yangi Maydon uyushtirishlariga yo‘l qo‘ymaydi


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko yangi Maydon yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi, Saakashvilining davlat rahbari impichmentini talab qilib Oliy Radaga yo‘l olgan tarafdorlari qamal qilinadi. Siyosatshunos Aleksandr Gusev shunday fikr bildirdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Muammo shundaki, Saakashvilining tarafdorlari yetarli darajada ko‘p. Buni ular Ukraina xavfsizlik xizmatiga mohiyatan qonun doirasida harakat qilishiga yo‘l qo‘ymaganlari ko‘rsatib turibdi. Vaziyat izdan chiqishi mumkin va bu holatda juda ko‘p narsa Poroshenko o‘zini qanday tutishiga bog‘liq. Saakashvilining barcha harakatlari mamlakatda siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, bu oxir-oqibat Poroshenko ag‘darilishiga olib kelishi, u impichment yoki qurolli mojaro bo‘lishi mumkin”, — dedi siyosatshunos.

Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko Saakashvili Kiyevda tashkillagan aksiyalar sobiq prezident Viktor Yanukovichning qurshovidagilar tomonidan moliyalashtirilgani va Ukrainada davlat hokimiyatini to‘ntarishga qaratilganini bildirdi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют