» » Google kompaniyasi Android’ning tejamkor talqini ishga tushirilishini ma’lum qildi

Google kompaniyasi Android’ning tejamkor talqini ishga tushirilishini ma’lum qildi


Google kompaniyasi 6-dekabrdan boshlab Android 8.1 operatsion tizimining yangilanishi bilan birga, uning yengillashtirilgan Android (Go Edition) talqini ishga tushirilishini ma’lum qildi. Yangi talqin boshlang‘ich darajadagi qurilmalarda ishlaydi, deb yozmoqda TJournal.

Go Edition talqinining o‘ziga xosliklari ikki baravar kam joy egallovchi yengillashtirilgan dasturlar bo‘ladi. Mazkur dasturlar tufayli 512 megabaytdan bir gigabaytgacha bo‘lgan operativ xotiraga ega qurilmalarning sohiblari Android’ning yangi talqinidan foydalana oladi.

Yangilangan dasturlar qatoriga Google Go qidiruv xizmati, Google Assistant ovozli yordamchisi va Gboard klaviaturasi, shuningdek, Files Go kabi Google xizmatlari kiradi.

Google’ning rasmiy dasturlaridan tashqari, Android (Go Edition) boshqa dasturlarni ham qabul qiladi. Yengillashtirilgan dasturlar ro‘yxati Google Play Store virtual dasturlar do‘konida avtomatik ravishda paydo bo‘ladi.

Google vakillarining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Go Edition yordamida Android tizimidagi foydalanuvchilar sonini bir yarim baravar oshirishni ko‘zlamoqda. 2017-yilning so‘ngiga kelib, sayyoradagi Android’ga ulangan qurilmalar soni ikki milliarddan oshgan.

Опубликовано: admin (6-12-2017, 05:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют