» » Ekspertlar nima uchun Rossiyada hali kriptovalyuta yaratishdan ma’no yo‘qligini tushuntirdi

Ekspertlar nima uchun Rossiyada hali kriptovalyuta yaratishdan ma’no yo‘qligini tushuntirdi


Rossiyada kriptovalyuta yaratish texnik jihatdan amalga oshirsa bo‘ladigan ish. Biroq “raqamli rubl”ning ma’noga ega bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan yangi instrumentlarni davlat tartibga solishi kerak. Bu haqda “Rusfond” birinchi xayriya ijtimoiy-investitsion forumda bozor ekspertlari ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

2016-yilning oxirida Qiwi kompaniyasi o‘zining kriptovalyutasi uchun “bitrubl” tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi va keyinchalik uni ishga tushirish uchun joriy yilda ruxsat olishni ko‘zlayotganini ma’lum qildi.

Qiwi’ning kriptotexnologiya bo‘yicha direktori Aleksey Arxipovning aytishicha, texnik jihatdan bitrublni yaratish mumkin, biroq amaliy jihatdan bu ma’noga ega emas. Uning qo‘shimcha qilishicha, valyutani raqamlashtirish, kriptovalyuta g‘oyasi hali ham juda hayotchan hisoblanadi.

“Fintex” assotsiatsiyasining ijrochi direktori Boris Kimning fikricha, tartibga soluvchilar kriptovalyutani naqdsiz pulga tenglashtiradi. Uning aytishicha, kriptovalyutani naqdsiz emas, balki naqd pulga taqqoslash kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, kriptovalyutani tartibga solish ham muhim sanaladi. Mazkur yangi hodisa yirik qamrovga ega bo‘lmasdan avval tartibga solinishi kerak.

Опубликовано: admin (6-12-2017, 05:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют