» » Putin o‘zbekistonliklarni Rossiyada ishga joylashtirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi

Putin o‘zbekistonliklarni Rossiyada ishga joylashtirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston bilan imzolangan, ushbu mamlakat fuqarolarini Rossiyada ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qilishni ko‘zda tutuvchi federal qonunni imzoladi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Bitim 2017-yilning 5-aprelida Moskvada imzolangan. Bitim O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada maqsadli ish bilan ta’minlashga va ularni keyinchlaik immigratsiyaga qadar ishga joylashishi uchun tayyorlashga qaratilgan.

Hujjat O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtincha mehnat qilish uchun yuborishga tayyorlash, xavfli yuqumli kasalliklarni aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish masalalarini tartibga soladi.

Ushbu bitim ish beruvchiga Rossiya vakolatli organlariga va O‘zbekiston tashqi migratsiyasi agentligiga mehnat muhojiri bilan mehnat shartnomasi tugatilganligi yoki bekor qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish talabini yuklaydi.

Bundan tashqari, bitimda Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston fuqarolarining asosiy huquqlari belgilab berilgan. Jumladan, bitimda mehnat qilish huquqi, dam olish va ijtimoiy sug‘urta (majburiy tibbiy sug‘urtadan tashqari), Rossiya qonunchiligiga ko‘ra pensiya ta’minoti nazarda tutilgan. Shuningdek, fuqarolarga Rossiya vakolatli organlardan mamlakatda bo‘lish tartib-qoidalari va shartlari, Rossiya qonunchiligi talablaridan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni talab qilish huquqini beradi.

Опубликовано: admin (6-12-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют