» » O‘zbekiston hukumati Afg‘onistonga 25 ta Isuzu avtobusini va 3 ta New Holland traktorini hadya qildi

O‘zbekiston hukumati Afg‘onistonga 25 ta Isuzu avtobusini va 3 ta New Holland traktorini hadya qildi


Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yengil va yuk mashinalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari, maishiy uskunalar va boshqa sanoat mahsulotlari bilan tanishdi.

Tadbirda samimiy do‘stlik munosabatlarining ifodasi sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 25 dona Isuzu rusumli avtobus va New Holland markali 3 ta traktor O‘zbekiston Respublikasi nomidan Afg‘onistonga hadya etildi.

Опубликовано: admin (6-12-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют