» » Buyuk Britaniyada bosh vazir Tereza Meyga suiqasdning oldi olindi

Buyuk Britaniyada bosh vazir Tereza Meyga suiqasdning oldi olindi


Buyuk Britaniyada mamlakat bosh vaziri Tereza Meyga suiqasdning oldi olindi. Bu haqda MI5 kontrrazvedka xizmati rahbari Endryu Parker ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Independent nashriga ko‘ra, London va Birmengemda o‘tgan haftada o‘tkazilgan reydlar davomida Meyga suiqasd tayyorlashda gumon qilinib, 2 kishi qo‘lga olindi. Ularga terrorizmda ayblov e’lon qilindi.

Ushbu shaxslar sumka sifatida niqoblangan bombani bosh vazir qarorgohi oldida portlatish, so‘ng pichoqlar yordamida hujum uyushtirishni rejalashtirgani bildirilmoqda.

London politsiyasi 5-dekabr, seshanba kuni Britaniya poytaxtining 20 yoshli fuqarosi Naymur Zakariya Rahmon va Birmengemda yashovchi 21 yashar Muhammad Akib Imronga terakt tayyorlashda ayblov e’lon qilingani haqida xabar berdi.

Skotland-Yard ularning qo‘lga olinishi bosh vazirga suiqasd bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlashdan bosh tortdi.

Rahmon va Imron 6-dekabr, chorshanba kuni Vestminsterda sud oldida javob beradi.

Опубликовано: admin (6-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют