» » Obama 2017-yilda eng ko‘p “layk” to‘plagan tvit muallifiga aylandi

Obama 2017-yilda eng ko‘p “layk” to‘plagan tvit muallifiga aylandi


2017-yilda eng ko‘p “layk” yig‘gan tvit AQShning 44-prezidenti Barak Obamaniki bo‘ldi, deb yozadi “RBK” Twitter kompaniyasi taqdim etgan ma’lumotlarga tayanib.

Obamaning 13-avgustdagi posti qariyb 4,6 millionta “layk” to‘pladi, 1,7 milliondan ortiq marta “retvit” qilindi.

Qayd Virjiniya shtatida, AQShdagi fuqarolar urushi qatnashchilari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorliklarni buzishga qarshi namoyish ishtirokchilarini “oq millatchilik”da ayblashgan bir paytda yozilgan edi.

“Hech kim boshqa odamga nisbatan uning terisi rangi, kelib chiqishi yoki dini tufayli nafrat bilan tug‘ilmaydi. Odamlar nafratlanishni o‘rganishi kerak, agar ular nafratlanishni o‘rgana olsa, demak ularni sevishga ham o‘rgatish mumkin, chunki sevgi odam yuragi uchun uning aksidan ko‘ra, tabiiyroq tuyg‘udir — Nelson Mandela”, — deb yozgandi sobiq prezident uchta tvitga bo‘lingan xabarida.

Saylovlarda Twitter’dan faol tarzda foydalangan Donald Tramp esa na “layk”lar, na “retvit”lar bo‘yicha yuqori o‘nlikka kirdi.

"No one is born hating another person because of the color of his skin or his background or his religion..." pic.twitter.com/InZ58zkoAm

— Barack Obama (@BarackObama) August 13, 2017

Опубликовано: admin (6-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют