» » Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv media markazi ishga tushiriladi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv media markazi ishga tushiriladi


Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv media markazini yaratish loyihasi doirasida grant kelishuvini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu 1News xabar bermoqda.

187,9 million iyena (1,6 million dollar) miqdoridagi grant Yaponiya hukumatining beg‘araz yordam dasturi bo‘yicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan taqdim etilmoqda.

Loyiha doirasida ishga tushiriladigan o‘quv media markazida tele va radioindustriya sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-o‘quv laboratoriyalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Loyihaning amalga oshirilishi “Kinoteleoperatorlik” va “Maxsus yoritish texnologiyasi” yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, markazda interfaol o‘quv mashg‘ulotlari, ilmiy va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish ga imkon beradi.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 00:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют