» » “Tottenhem” Chempionlar Ligasida eng ko‘p ochko to‘pladi. “Real” Madridda “Borussiya”ni taslim qildi

“Tottenhem” Chempionlar Ligasida eng ko‘p ochko to‘pladi. “Real” Madridda “Borussiya”ni taslim qildi


Londonning “Tottenhem” klubi Chempionlar Ligasining “o‘lim guruhi” deya ta’rif berilgan zonasini peshqadam sifatida yakunladi. Angliya vitse-chempioni olti bellashuvning birortasida ham mag‘lub bo‘lmadi va 5 ta o‘yinni o‘z foydasiga hal qila oldi.

“Shporlar” bilan faqatgina “Real” Madridda durang o‘ynay oldi. “Tottenhem” qolgan uchrashuvlarda raqiblariga imkoniyat qoldirmadi. Natijada jamoa guruh bosqichining joriy yilgi mavsumida eng ko‘p ochko to‘plagan jamoaga aylandi. Yevropa grandlaridan hech biri 16 ochkolik dovonni bosib o‘ta olmadi.

Dortmundning “Borussiya” klubi 5-turdan keyinoq Chempionlar Ligasi bilan xayrlashib bo‘lgandi. So‘nggi turda Bundesliga klubi Madridda mehmon bo‘lib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa Peter Bosh jamoasi xalqaro o‘yindagi birorta ham bellashuvda zafar qucha olmay, Yevropa Ligasiga ravona bo‘ldi.

Peter Bosh o‘tgan mavsum Amsterdamning “Ayaks” klubini boshqargan bo‘lib, yoshgina futbolchilar bilan Yevropa Ligasining finaliga yetib kelgan va hal qiluvchi o‘yinda “Manchester Yunayted”ga imkoniyatni boy bergandi. Endilikda u “Borussiya Dortmund” bilan Yevropa Ligasini yutishga urinib ko‘radi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

“H” guruhi. 6-tur o‘yinlari

6-dekabr, chorshanba

Gollar: Borxa Mayoral, 8 (1:0). Krishtianu Ronaldu, 12 (2:0). Pyer-Emerik Obameyang, 43 (2:1). Pyer-Emerik Obameyang, 49 (2:2). Lukas Vaskes, 81 (3:2).

Gollar: Fernando Lyorente, 20 (1:0). Son Xyon Min, 37 (2:0). Jorj-Kevin Nkudu, 80 (3:0).

Опубликовано: admin (7-12-2017, 04:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют