» » “Liverpul” Chempionlar Ligasida ikki bor 7 ta gol farqi bilan zafar quchdi. Navbatdagi “qurbon” — “Spartak”

“Liverpul” Chempionlar Ligasida ikki bor 7 ta gol farqi bilan zafar quchdi. Navbatdagi “qurbon” — “Spartak”


Yurgen Klopp boshchilik qilayotgan “Liverpul” Chempionlar Ligasi guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz va peshqadam sifatida yakunladi.

6 ta o‘yinda “mersisayd” klubi 23 ta gol urishning uddasidan chiqdi. Avvalroq “PSJ” futbolchilari guruh bosqichida 25 ta gol urib, o‘ziga xos rekord o‘rnatgandi.

“Liverpul” musobaqaning joriy mavsumida eng yirik natijani qayd etib, Sloveniyada “Maribor” ustidan 7:0 hisobida zafar quchgandi. Oradan ko‘p o‘tmay, liverpulliklar bu muvaffaqiyatni ikkinchi bor takrorladi va Rossiyaning amaldagi chempioni hisoblangan “Spartak” darvozasiga ham javobsiz 7 ta gol urishning uddasidan chiqa oldi.

Guruhdagi ikkinchi bellashuvda “Sevilya” durang qayd etdi va navbatdagi bosqichga yo‘llanma oldi. “Spartak” esa xalqaro maydondagi yurishini Yevropa Ligasida davom ettiradi. Mazkur musobaqada Rossiyaning, shuningdek, “SSKA”, “Zenit”, “Lokomotiv” kabi klublari ham bor.

Yevropa Chempionlar Ligasi

“E” guruhi. 6-tur o‘yinlari

6-dekabr, chorshanba

Gollar: Filippe Koutinyo, 4-pen (1:0). Filippe Koutinyo, 15 (2:0). Roberto Firmino, 19 (3:0). Sadio Mane, 47 (4:0). Filippe Koutinyo, 50 (5:0). Sadio Mane, 76 (6:0). Muhammad Saloh, 86 (7:0).

Gollar: Markos Tavares, 10 (1:0). Ganso, 75 (1:1).

Опубликовано: admin (7-12-2017, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют