» » AQShda o‘qituvchilar savodsiz maktab o‘quvchilari sababli ta’lim tizimini sudga berdi

AQShda o‘qituvchilar savodsiz maktab o‘quvchilari sababli ta’lim tizimini sudga berdi


AQShning Kaliforniya shtatida sobiq va amaldagi o‘qituvchilar mahalliy ta’lim tizimini sudga berdi. O‘qituvchilar tizimni bu shtatdagi ko‘plab maktab o‘quvchilari o‘qishning boshlang‘ich ko‘nikmalariga ham ega emasligida ayblamoqda. Bu haqda Los Angeles Times’ga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Da’vogarlar nomidan bir yo‘la ikkita yuridik firma ish olib bormoqda. Firmalar ko‘rsatilgan ayblarni Kaliforniya shtatining ta’lim ishlari bo‘yicha boshqarmasiga, ta’lim vazirligiga va shtatning o‘quv muassasalari inspektori Tom Torleksonga qo‘ygan. Da’vo arizasida ko‘rsatilishicha, ularning barchasi shtat qonunchiligini buzgan, chunki ular “shtatdagi har bir bolaga savod chiqarish imkoniyatini yaratib bera olmasligini ommaviy ravishda namoyon qilgan”.

Maktab o‘quvchilarining savodxonlik darajasi ko‘rsatkichlari eng yomon bo‘lgan 26 ta tumandan 11 tasi AQShning aholisi eng ko‘p bo‘lgan Kaliforniya shtatida joylashgan. Aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan Nyu-York shtatida esa bunday tumanlar soni atigi ikkitani tashkil qiladi. Uchinchi o‘rinda turuvchi Texasda esa bunday tumanlar umuman mavjud emas.

Bir nechta o‘quv muassasalarida yuzaga kelgan vaziyatni ko‘rsatish uchun da’voga Los-Anjelesdagi maktablardan birining o‘quvchilari ko‘rsatkichi ilova qilingan. Bu maktabda o‘tgan o‘quv yilida 179 ta o‘quvchidan atigi sakkiztasi talab qilinadigan o‘qish ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan. Da’vogarlarning fikricha, vaziyatni o‘qituvchilar tayyorlash tizimini yaxshilash va qo‘shimcha resurslar ajratish yo‘li bilan o‘nglash mumkin.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют